Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Tokio chet tillari universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha uchrashuv

20.12.2025, 12:21 Yangiliklar 88

Xizmat safari doirasida TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva Tokio chet tillari universiteti rektori professor Nobuo Haruna bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda jurnalistika, iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar va turizm yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan maxsus yapon tili kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, TDSHUning yapon tili professor-o‘qituvchilari uchun Tokio chet tillari universitetida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish taklifi bildirildi.

Tomonlar Tokio chet tillari universitetidan TDSHUga o‘zbek va rus tillarini o‘rganish uchun keladigan talabalar sonini 5 nafardan 10 nafarga yetkazish, shuningdek, dariy, urdu va pashtu tillarini o‘rganayotgan yaponiyalik talabalarni ham TDSHUda qabul qilish va ular uchun til stajirovkalarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Bundan tashqari, paritet asosida TDSHUdan Tokio chet tillari universitetiga 10 nafar talabani yuborish imkoniyati yaratildi.