TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIDAGI DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIK YO‘NALISHLARI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan tasdiqlagan “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilik asosida oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlanadi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2026-yil uchun doktorantura qabul kvotasi
| Ixtisoslik shifri | Ixtisoslik nomi |
Doktorantura
|
Tayanch doktorantura |
| 07.00.03 | Jahon tarixi | 0 | 1 |
| 07.00.05 | Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi | 0 | 1 |
| 07.00.07 | Etnografiya, etnologiya va antropologiya | 0 | 1 |
| 07.00.08 | Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari | 0 | 1 |
| 08.00.01 | Iqtisodiyot nazariyasi | 0 | 0 |
| 08.00.09 | Jahon iqtisodiyoti | 0 | 1 |
| 09.00.03 | Falsafa tarixi | 0 | 1 |
| 10.00.05 | Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti | 1 | 5 |
| 10.00.06 | Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik | 0 | 7 |
| 10.00.10 | Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik | 0 | 1 |
| 10.00.11 | Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi | 1 | |
| 13.00.02 | Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi | 1 | |
| 23.00.02 | Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar | 0 | 1 |
| 23.00.04 | Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari | 0 | 1 |
TDSHUDA DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL QILISHNING ASOSIY SHARTLARI
TDSHUda doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish daraja.ilmiy.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga qabul qilinayotgan magistr yoxud klinik ordinaturaga (tibbiyot fanlari uchun) yoki mutaxassislik dasturlari boʻyicha (1997-yilgacha) olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlish, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda ilmiy darajaga ega boʻlganlar mutaxassisligi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosligi tegishli boʻlgan fan sohasiga muvofiq boʻlishi shart. Fan sohalari mos kelmaganda yoki oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda fanning turdosh sohalari boʻyicha olish rejalashtirilganda talabgorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda OAK deb ataladi) belgilagan fanlar boʻyicha qoʻshimcha imtihonlar topshirishi lozim.
Tayanch doktoranturaga kiruvchi shaxs quyidagi talablarga javob berishi kerak:
– Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi, yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
– muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida 1 ta ilmiy maqolaga va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan 2 ta tezisga ega bo‘lish;
DOKTORANTURAGA TALABGOR QUYIDAGI HUJJATLARNI TOPSHIRADI:
- Biografik maʼlumotnoma;
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- Oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
- Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.
TAYANCH DOKTORANTURAGA TALABGOR QUYIDAGI HUJJATLARNI TOPSHIRADI:
- Biografik ma’lumotnoma;
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislar), shuningdek ularning nusxalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
- Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikat.
Mustaqil izlanuvchilikka kiruvchi shaxs quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
– kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish;
– bakalavr yoki magistr diplomiga yoxud fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki magistr darajasi joriy etilgungacha olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish (Doktorantura (DSc) uchun fan nomzodi ilmiy darajasiga egalik to’g’risidagi diplom);
– muayyan ilmiy yutuqlarga, fan doktori darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil etishi mumkin bo‘lgan (ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida 1 ta ilmiy maqolaga, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida 2 ta tezisga ega bo‘lish;
Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni topshiradi:
- Ish joyidan tavsifnoma;
- Ma’lumotnoma;
- Ilmiy ishlarning elektron nusxasi.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga qabul qilinayotgan magistr yoxud klinik ordinaturaga (tibbiyot fanlari uchun) yoki mutaxassislik dasturlari boʻyicha (1997-yilgacha) olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlish, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda ilmiy darajaga ega boʻlganlar mutaxassisligi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosligi tegishli boʻlgan fan sohasiga muvofiq boʻlishi shart. Fan sohalari mos kelmaganda yoki oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda fanning turdosh sohalari boʻyicha olish rejalashtirilganda talabgorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda OAK deb ataladi) belgilagan fanlar boʻyicha qoʻshimcha imtihonlar topshirishi lozim.
Qabul imtihon dasturlari
- 07.00.03 Jahon tarixi
- 07.00.05. Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi
- 07.00.07 Etnografiya, etnologiya va antropologiya
- 07.00.08. Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari
- 08.00.09 Jahon iqtisodiyoti
- 09.00.03 Falsafa tarixi
- 10.00.05. Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti
- 10.00.06. Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
- 10.00.10. Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik
- 10.00.11. Til nazariyasi amaliy va kompyuter lingvistikasi
- 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
- 23.00.02. Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar
- 23.00.04. Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari