Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Webinar on SDG”

27.10.2022, 11:30 Yangiliklar 1333

27-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Turkshunoslik fakulteti G‘arb tillari kafedrasida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan barcha mamlakatlarga 2030 – yilgacha barqaror rivojlanish uchun tadbiq etilayotgan 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlari “O‘ta qashshoqlikka barham berish” va “Ochlikka barham berish” haqida vebinar o‘tkazildi. Unda ingliz tili o‘qituvchisi Komilova Dildora 4 va 2-bosqich Tarix yo’nalishining ingliz va xitoy talabalari bilan Dunyo bo‘ylab keng tarqalayotgan ochlik va qashshoqlik, uning asosiy sabablari haqida ma’lumot berdi. Talabalar suhbat chog‘idan so‘ng interfaol mashqlarda ishtirok etdilar va vebinar davomida shu Global muammolarni qanday bartaraf qilishlari va qanday o‘z hissalarini qo‘shishlari haqida guruhlarga bo‘linib ishlashdi, qisqacha poster presentatsiyalarini namoyish etishdi. Ular o‘zlarini global jamiyatning bir fuqarosi sifatida, Barqaror Rivojlanishning 17 ta asosiy maqsadlarini o‘zlarining hayot tajribalaridan kelib chiqib muhokama qilishdi. Barcha talabalar ingliz tilida nutq so‘zlashdi.