Xorijiy hamkorlar
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETINING XORIJIY HAMKORLARI
Bugungi kunda xalqaro hamkorlik oliy ta’lim muassasalarining strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ham ushbu tamoyil asosida faoliyat olib borib, ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalarida dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Universitet bugungi kunga qadar 150 dan ortiq xorijiy tashkilot, universitet va ilmiy markazlar bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalarini imzolagan. Hamkorlik geografiyasi Turkiyadan to Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarigacha keng qamrovli bo‘lib, bu universitetning xalqaro ta’lim maydonidagi nufuzidan dalolat beradi.
Xorijiy hamkorlik doirasida qo‘shma ta’lim dasturlari (double degree), professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, malaka oshirish, ilmiy konferensiyalar, stajirovkalar, hamkorlikdagi ilmiy loyihalar, madaniy almashinuvlar va boshqa ko‘plab tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, xorijiy universitetlar bilan birgalikda tashkil etilgan qo‘shma dasturlar orqali talabalar xalqaro tajribaga ega bo‘lish imkoniyatiga ega.
Shuningdek, universitetda har yili yuzlab xorijiy mehmonlar – elchilar, delegatsiyalar, professorlar va ilmiy doira vakillari tashrif buyuradi. Bu tashriflar natijasida xalqaro aloqalar mustahkamlanib, o‘zaro manfaatli yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Xorijiy hamkorlar bilan nafaqat ta’lim va ilm-fan yo‘nalishlarida, balki madaniy aloqalar ham izchil rivojlantirib, turli xalqaro festivallar, tadbirlar va ilmiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bu orqali universitet nafaqat o‘z talabalarining bilim va salohiyatini oshirish, balki mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy imijini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda.
Xorijiy hamkorlar ro‘yxati (PDF)

