Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro hamkorlik bo’limi

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETINING XALQARO HAMKORLIK BO‘LIMI XODIMLARI HAQIDA

MA’LUMOT

    Xalqaro hamkorlik bo‘limi faoliyati bevosita universitet xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori tomonidan boshqariladi. Ushbu bo‘limda bo‘lim boshlig’i va to‘rt nafar xodim faoliyat ko‘rsatmoqda.

       2019 yil dekabr oyidan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xalqaro hamkorlik bo‘limiga Muhsinov Avazmuhammad Nosirovich rahbarlik qilib kelmoqda.

Muxsinov A

A.Muhsinov 1976 yil 24 noyabrda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1993 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Iqtisod” fakultetining “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” bo‘limiga davlat granti asosida o‘qishga kirgan. 1998 yilda universitetni imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1999-2002 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteting “Xorijiy mamlakatlar iqtisodi” mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturani tugatgan. 2002-2010 yillar mobaynida A.Muhsinov “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasida pedagogik faoliyatni olib borgan.

2019 yilning iyul-dekabr oylarida “Inson resurlarini rivojlantirish O‘zbek-Yapon markazi negizida ishbilarmon odamlar salohiyatini rivojlantirish va aloqalarni yo‘lga qo‘yish (UJC)” texnik hamkorlik loyihasi doirasida “Professional boshqaruv dasturi (PMP)” bo‘yicha magistraturaga tenglashtirilgan 6 oylik o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan.

Bog’lanish uchun ma’lumot:   tel.: (+998 71) 233-29-85, е-manzil: icd@tsuos.uz

 

19.09.2022, 13:41 10285