XMI va siyosat fakultetida futbol bo’yicha o’tkazilgan «Dekan kubogi – 2019» musobaqasida 3-kurs hind-ingliz guruhi talabalari FALCON jamoasi g’olib bo’ldi
6-noyabr kuni ToshDSHI Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakultetida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning 2-tashabbusi ijrosi yuzasidan talaba yoshlar o’rtasida yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun futbol bo’yicha «Dekan kubogi – 2019» musobaqasi o’tkazildi. Unga ko’ra, fakultet bo’yicha 13 ta jamoa ushbu musobaqada ishtirok etdi. Final o’yinida XMI ta’lim yo’nalishi 3-kurs hind-ingliz guruhi talabalarining FALCON jamoasi yapon-ingliz guruhi talabalarining SAMURAI-BLUE jamoasini 2 – 1 hisobida mag’lub qildi.
Gollar: Po’latov Shohruh (FALCON), Hayitov Abdutolib (SAMURAI-BLUE), Po’latov Shohruh (FALCON)
Musobaqada «To’purar» nominatsiyasi g’olibi Po’latov Shohruh (FALCON), «Eng yaxshi darvozabon» nominatsiyasini Odilov Nabijon (FALCON) qo’lga kiritdi.
