Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

XMI va siyosat fakultetida futbol bo’yicha o’tkazilgan “Dekan kubogi – 2019” musobaqasida 3-kurs hind-ingliz guruhi talabalari FALCON jamoasi g’olib bo’ldi

07.11.2019, 15:02 Yangiliklar 1313

6-noyabr kuni ToshDSHI Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakultetida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning 2-tashabbusi ijrosi yuzasidan talaba yoshlar o’rtasida yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun futbol bo’yicha “Dekan kubogi – 2019” musobaqasi o’tkazildi. Unga ko’ra, fakultet bo’yicha 13 ta jamoa ushbu musobaqada ishtirok etdi. Final o’yinida XMI ta’lim yo’nalishi 3-kurs hind-ingliz guruhi talabalarining FALCON jamoasi yapon-ingliz guruhi talabalarining SAMURAI-BLUE jamoasini 2 – 1 hisobida mag’lub qildi.

 

Gollar: Po’latov Shohruh (FALCON), Hayitov Abdutolib (SAMURAI-BLUE), Po’latov Shohruh (FALCON)

 

Musobaqada “To’purar” nominatsiyasi g’olibi Po’latov Shohruh (FALCON), “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasini Odilov Nabijon (FALCON) qo’lga kiritdi.

photo_2019-11-08_13-35-16 photo_2019-11-08_13-35-20 photo_2019-11-08_13-36-27 photo_2019-11-08_13-36-36