Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Yosh diplomatlar” klubining navbatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi

16.12.2022, 10:32 Yangiliklar 1216

BRM 4

“Yoshlar va xalq diplomatiyasi: kelajak sari qadamlar” davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Bugun yurtimizda xalq diplomatiyasi xalqaro hamkorlikning muhim yo‘nalishiga aylandi. So‘ngi yillarda sohaning institutsional asoslari yaratildi, ulkan loyihalar amalga oshirilmoqda, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Taʼkidlash joizki, egallangan bilim va tajribani yosh avlodga yetkazish, sohaga qiziquvchi yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlab borish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, aynan yoshlar qalblar muloqatiga asoslangan diplomatiya qadriyatlarining bardavomligini taʼminlovchi kuchdir. Joriy yilning 15-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Xalq diplomatiyasi va yoshlar: kelajak sari qadamlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Talabalarning xalq diplomatiyasi borasidagi bilimlarini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbir universitetning “Yosh diplomatlar” klubi vakillarini qamrab oldi.

IMG_0100

Tadbirda xalq diplomatiyasining taniqli amaliyotchi va tadqiqotchilari, O‘zbekistonda ShHTning Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti Otabek Alimardanov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professorlari Shuxrat Yovqochev va Durbek Sayfullayev o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdi.
Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar xalq diplomatiyasining mohiyati, zamonaviy tendensiyalari, davlatlararo munosabatlarda tutgan o‘rniga to‘xtalib o‘tdilar. Qobiljon Sobirov, xalq diplomatiyasi zamirida barcha darajadagi odamlar o‘rtasida o‘zaro tushunish, hurmat va ishonchga asoslangan munosabatlar yotishiga alohida urg‘u berdi. Shuningdek, yoshlar bilan ishlash Markaz faoliyatining muhim yo‘nalishi ekanligini taʼkidlab, talaba-yoshlarni amalga oshirilayotgan loyihalarda faol ishtirok etishga chaqirdi. Yurtimizda xalq diplomatiyasining ilmiy asoslarini mustahkamlash tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgani, sohani rivojlantirishda ilmiy jamoatchilik, yosh tadqiqotchilarning o‘rni beqiyos ekanligini, bu boradagi ishlarni jadallashtirish lozimligini qayd etdi.
Tadbirda xalq diplomatiyasining dolzarb masalalari ham ko‘tarildi. Xususan, xalq diplomatiyasi sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, kadrlar zahirasini yaratish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish lozimligi urg‘u berildi.
Davra suhbati “Siz xalq diplomatiyasini bilasizmi?!” nomli interaktiv o‘yin bilan davom etdi. Qizg‘in kechgan bellashuvda g‘olib bo‘lganlar Markaz tomonidan nashr etilgan kitoblar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Taʼkidlash joizki, talabalarda xalq diplomatiyasiga nisbatan katta qiziqish mavjud. O‘tkazilagan tadbir ularning sohani teran o‘rganishlari, malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun turtki bo‘lishi shubhasiz.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan javob oldilar. Tadbir o‘zaro muloqat shaklida, samimiy ruhda o‘tdi.

IMG_0147