Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Talabalarning volontyorlik faoliyati

Qatar Amiri tashabbusi bilan ta’sis etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ulkan yutuqlari uchun” global mukofotini topshirish marosimi 2023-yil dekabrida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Mazkur marosimda tarjimon-volontyor sifatida TDSHUdan talabalar saralab olindi va ular bir qator Arab rasmiylariga tarjimon sifatida hamrohlik qildilar. Masalan, Saudiya Arabistoni Qirolligidan BMT ning ko‘rfaz mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy raisi Xatim Fuad Ali Muhammad janoblariga Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi Obidjonov Azizbek, Qatar Davlati Maslahat Kengashi Bosh kotibi Ahmad Nosir Al-Fadala janoblariga Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi Holjuraev Muxammadrizo, Misr Arab Respublikasi Ma’muriy nazorat organi Bosh kotibi Al-Aydin Abdulla Ali Yusef janoblariga Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi Ikromjanov Ilyosbek tarjimon sifatida hamrohlik qildi.

Marosimdan so‘ng, barcha TDSHU nomidan tarjimonlik qilgan talabalarga universitet nomidan pul mukofotlari bilan rag’batlantirildi.

photo_2024-01-18_11-59-40

18.01.2024, 12:01 1746

    WordPress Lab AWSM – One Page CV / Resume & Personal Portfolio WordPress Theme Awwa – Portfolio WordPress Theme Axial – Construction Company Elementor Template Kit Axios – Digital Agency WordPress Theme Axole – Creative Agency & Portfolio WordPress Theme Axolot – IT Startup & Technology Services WordPress Theme axsis – App Landing WordPress Theme Ayo – Responsive Elementor WooCommerce Theme Ayoo – Beauty Salon Services Elementor Template Kits Ayro – Tech Startup WordPress Theme