Xalqaro kuzatuvchi Xalid Akram Taymurning TDSHUga tashrifi
Joriy yilning 24-oktabrida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Pokiston Islom Respublikasining Global va strategik tadqiqotlar markazi ijrochi direktori va Xitoy aloqa universiteti huzuridagi Pokiston ilmiy-tadqiqot markazi rahbari Xalid Taymur Akram 2021-yil 26-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurdi.
Mazkur uchrashuv jarayonida mehmonga TDSHU faoliyati haqida ma’lumot berildi hamda universitet urdushunos talabalari uchun online darslar tashkil etish, soha mutahassislarining almashinuvi bo‘yicha kelishib olindi.
Shu bilan birga, mehmon Global va strategik tadqiqotlar markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga bag‘ishlanib nashr qilingan maxsus sonli jurnal bilan tanishtirdi va nusxasini sovg‘a qildi.
TDSHU Matbuot xizmati