Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo’limi
Imamova Nilufar Asamutdinovna | ||
Lavozimi: | Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i | |
Qabul vaqtlari: | Seshanba va juma kunlari (14:00-17:00) | |
Tel.: | +99871 233-29-85 / +99897 767-87-37 | |
E-mail: | nilufar_imamova@tsuos.uz |
Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Bo‘lim universitet va uning tarkibiy bo‘linmalari, professor-o‘qituvchilari, xodimlarining xalqaro reytinglarni nashr etadigan tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Bo‘lim o‘z faoliyati davomida universitetning barcha tarkibiy bo‘linmalari, institutlar, fakultetlar, oliy maktablar, kafedralar hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari, tashkilotlari va markazlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
– xalqaro reytinglarni nashr etadigan tashkilotlar bilan hamkorlikni o‘rnatish va doimiy ravishda ish olib boradi;
– xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi;
– xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini nazorat qilinishini ta’minlaydi;
– universitet xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi parametrlarni doimiy nazorat qiladi;
– QS (Quacquarelli Symonds) xalqaro reyting agentligining portalida universitet profili uchun ma’lumotlar to‘plab boradi;
– TDSHU xalqaro reytinglarda qatnashish uchun institutlari, fakultetlari, oliy maktablari hamda kafedralari kesimida ma’lumotlar to‘playdi;
– Times Higher Education (THE) portalida Universitet profilini yaratadi hamda Impact va jahon reytinglarida qatnashish uchun kerakli ma’lumotlarni tayyorlab boradi;
– “Academic reputation”, “Employer reputation” yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlar to‘playdi;
– universitetda faoliyat yuritayotgan xorijiy professor-o‘qituvchilar, fan doktori, fan nomzodi hamda PhD darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislar, mahalliy va xorijiy talabalar bo‘yicha statistik tahlil yuritadi.