Yaponshunoslik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Transformatsiya davrida global muammolar yechimi: yaponshunoslikning nazariy va amaliy masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiya yaponshunoslik sohasidagi dolzarb ilmiy masalalarni muhokama qilish, xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish hamda ilmiy tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.


Konferensiyaning ochilish marosimida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor Gulchexra Rixsiyeva mazkur anjumanning ilmiy hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyatini ta’kidladilar.


Yalpi majlis doirasida nufuzli xorijiy olimlar ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.
Ma’ruzalar davomida Yaponiyaning chet elliklarni qabul qilish siyosati, xorijda yapon tilini o‘qitish tendensiyalari, zamonaviy yaponshunoslikdagi muammolar va imkoniyatlar, shuningdek, yapon an’anaviy san’ati – Kabuki haqida ilmiy fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida muhokama tashkil etilib, turli yo’nalishdagi sho’balarda yaponshunoslikning dolzarb masalalari, ilmiy tadqiqotlar istiqbollari hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur konferensiya yaponshunoslik sohasidagi ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.