G‘arb tillari kafedrasi
Raxmonberdiyeva Karima Saydanovna | ||
Ilmiy darajasi va unvoni: | Dotsent Fan nomzodi, PhD | |
Lavozimi: | Kafedra mudiri | |
Qabul vaqtlari: | Har kuni (8:00-16:00) | |
Tel.: | +998 71 233 52 24 | |
E-mail: | karima_raxmanberdiyeva@tsuos.uz |
“G‘arb tillari” kafedrasi
G‘arb tillari kafedrasi 1944-yildan buyon bir necha bor qayta shakllangan. Kafedra CASU universiteti tarkibida Sharqshunoslik fakulteti bo‘lgan. Solodovnikov N.F. va Kush N.P. kafedraning birinchi o‘qituvchilari va sharqshunos yetakchilari hisoblangan. 1977-yili fakultetda ingliz tili kafedrasi tashkil etilib, unga dotsent Sattarova Z.B. rahbarlik qilgan. G‘arbiy Yevropa tillari kafedrasi tashkil etilishi esa 1991-yilda, hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetidan Sharqshunoslik fakulteti ajratilganidan ko‘p o‘tmay tashkil etilgan. 1996-yil kafedraning bir guruh o‘qituvchlari Xalqaro iqtisod va munosobatlar fakulteti (xozirgi Mintaqaviy iqtisod fakulteti) ga o‘tkazilgan. “Tarix va falsafa” fakultetida ish olib borib kelayotgan “G‘arbiy Yevropa tillari” kafedrasi “Tarix va falsafa”, “Koreyashunoslik”, “Xitoyshunoslik” hamda “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakultetlarida ingliz, nemiz hamda fransuz tillarida dars berib kelgan.
2010-yildan kafedrada dotsent Fan nomzodi, PhD Raxmonberdiyeva K.S. mudirlik faoliyatini olib bormoqda. 2020-yil, 1-iyundan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tashkil etilgan Turkshunoslik fakulteti tarkibida, oldingi G‘arbiy Yevropa tillari kafedrasi – G‘arb tillari kafedrasi nomi bilan ataldi. Kafedramiz professor-o‘qituvchilari jamoasi hozirda 40 nafar xodimdan iborat: 2 ta dotsent, 11 ta katta o‘qituvchi, 6 ta o‘qituvchi va 21 ta stajor-o‘qituvchi.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
- Ingliz tili
Kafedraning hamkor tashkilotlari
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU)
- Norvich Til Ta’limi Instituti, Buyuk Britaniya
- Belarus davlat universiteti, Ingliz tili kafedrasi
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
- Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (OʻzMU), Ingliz tili kafedrasi
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti akademik litseyi
Kafedraning faoliyati bo‘yicha fotolavhalar