Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi
Alimova Rahima Ruskulovna | ||
Ilmiy darajasi va unvoni: | Tarix fanlari nomzodi, dotsent | |
Lavozimi: | Kafedra mudiri | |
Qabul vaqtlari: | Har kuni (14:00-16:00) | |
Tel.: | +99890 806 11 66 | |
E-mail: | r.r.alimova@gmail.ru |
“Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi” kafedrasi
1991-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil topishi bilan bir paytda uning tarkibida Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi ham tuzilgan. Mazkur kafedra nomi 2017 yildan Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi, 2020 yildan Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasiga oz‘gartirildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim standartlari (Oliy ta’limning DTS)ga muvofiq “5220200 – Tarix (mamalakatlar va mintaqalar bo‘yicha) yo‘nalishiga muvofiq bakalavrning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar” va “5220200 (Hozir- 60220300 – Tarix (Markaziy Osiyo mamlakatlari boyicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A220204 (Hozir 70220303 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha) va 2020-2021 o‘quv yilidan 5A121401– (hozir – 70230501) – Etnografiya, etnologiya va antropologiya raqamli mutaxassislik bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar” asosida Markaziy Osiyo xalqlari va mintaqaning umumiy tarixi, davlatchilik tarixi, tarixiy geografiyasi, tarixiy manbashunoslik va tarixshunoslik, diniy dunyoqarash tizimlari, ijtimoiy – siyosiy rivojlanish bosqichlari, moddiy va ma’naviy madaniyati, etnik-ijtimoiy va etno-madaniy munosabatlar bo‘yicha o‘quv fanlari o‘qitiladi. Shuningdek, kafedra qoshida tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar metodi va metodologiyasi muammolariga tegishli fanlar bo‘yicha magistratura ta’lim bosqichi tashkil etilgan. 70230501 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya nomli magistratura mutaxassisligiga etnologiya, ijtimoiy antropologiya, antropologik va etnologik tadqiqot usullari, tarixiy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar bo‘yicha ta’lim beriladi. 2022-2023 o‘quv yilida 60230500 – Antropologiya va etnologiya ta’lim yo‘nalishi ochildi va unga 1-kurs uchun talabalar qabul qilindi. O‘tgan yillar davomida kafedrani quyidagi mutaxassislar boshqarib kelgan:
1991 – 1998 yillarda t.f.d., prof. G‘. Ahmadjonov
1998 – 2012 yillarda t.f.d., prof. M.M.Is’hoqov
2012 – 2013 yillarda t.f.n. Sh.Saidov
2013 – 2014 yillarda t.f.n. X.T. Fayziev
2014 – 2015 yillarda t.f.n. R.R. Alimova
2015 – 2017 yillarda t.f.n. I.M.Haydarov
2017-yildan t.f.n. R.R. Alimova rahbarlik qilmoqda
1998-yilga qadar “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitish, kafedra faoliyatida yetakchi o‘rin tutib kelgan. 1998-2019 yillar mobaynida Markaziy Osiyo tarixiy-geografik mintaqasi doirasini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi, fanlar takomillashtirildi. Chunonchi, Sharqiy Turkiston, Tibet, Oltoy-Yettisuv, Dashti Qipchoq tarixlarini o‘qitish joriy qilindi.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi Markaziy Osiyo davlatlarining oliy o‘quv yurtlari orasida, maqsad va vazifalariga ko‘ra, yagona hisoblanadi. Talabalar asosiy Sharq tillari, G‘arb tillaridan birini bilish asosida tarixiy manbashunoslik va tarixshunoslik hamda etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligiga ega bo‘ladilar.
Kafedrada quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida talabalarga tahsil beriladi.
- 60220300 – Tarix (Sharq mammlakatlari va mintaqalari boyicha (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
- 60230500 – Antropologiya va etnologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
Kafedra quyidagi magistratura mutaxassisliklari talabalarga tahsil beriladi.
- 70220303 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha)
- 70230501 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya
Kafedrada bakalavriat va magistratura mutaxassisligi talabalariga quyidagi fanlar o‘qitiladi.
Bakalavriat yo‘nalishi:
60220300 – Tarix (Sharq mammlakatlari va mintaqalari boyicha (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
- O‘zbekistonning yangi tarixi
- Arxivshunoslik
- O‘rganilayotgan mamlakat (mintaqa) tarixi (Markaziy Osiyo xalqlari tarixi)
- Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi
- Markaziy Osiyo xalqlari manbashunosligi va tarixshunosligi
- Sharqshunoslikka kirish
- Tarix fanini o‘qitishning zamonaviy usullari
- Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasi (tanlov fan)
- Yordamchi tarixiy fanlar (tanlov fan)
- Tarixiy tadqiqot asoslari (tanlov fan)
- / Tarix fanini o‘qitishning interaktiv usullari (moxt)
- Markaziy Osiyo va jahon sivilizatsiyasi (tanlov fan)
- Markaziy Osiyo diplomatiyasi tarixi (tanlov fan)
- Sharq va Markaziy Osiyo diplomatiyasi tarixi (MOXT)
- Jadidlar ijodida o‘zbeklar etnologiyasi masalalari
- Markaziy Osiyo davlatchiligi va urbanistik jarayonlar
- Markaziy Osiyo madaniyati tarixi (tanlov fan)
- Markaziy Osiyoda ijtimoyi-siyosiy ta’limotlar tarixi (tanlov fan)
- Buyuk ipak yo‘li: tarix va hozirgi zamon (tanlov fan)
- Markaziy Osiyo davlatlarining hozirgi davrlardagi munosabatlari: Integratsiya jarayonlari va istiqbollari
- Markaziy Osiyo davlatlarining hozirgi davrlardagi iqtisodiy va madaniy aloqalari
60230500 – Antropologiya va etnologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
- O‘zbekistonning yangi tarixi
- Inson evolyutsiyasi va old tarix
- Etnodemografiya
- Etnologiya muzeyshunosligi
- Etnosotsiologiya
- O‘zbeklar etnologiyasi va uning tarixshunosligi
- Tarixiy antropologiya
- O‘zbekiston davlatchiligi tarixi
- Etnologiya tadqiqot metodlari
- Jahon etnologiyasi
- Yordamchi tarixiy fanlar (tanlov fan)
- Markaziy Osiyoning qadimgi davlatlari (tanlov fan)
- Arаb xаlifаligi tаrkibidа Mаrkаziy Osiyоda trаnsfоrmаsiоn jаrаyоnlаr (tanlov fan)
- Din antropologiyasi (tanlov fan)
- Markaziy Osiyo etnologiyasi
- Vizual antropologiya
- Etnik konfliktologiya
Magistratura mutaxassisliklari:
70220303 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha)
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
- Mutaxassislikning nazariy masalalari
- Tarix falsafasi
- Tarixshunoslik va manbashunoslikning nazariy masalalari
- Markaziy Osiyo zamonaviy tarixshunosligi konsepsiyalari (tanlov fan)
- G‘arb tarixshunosligida Markaziy Osiyo (tanlov fan)
- Jadidlar faoliyati tarixshunosligi (tanlov fan)
- Tarixiy diplomatika (tanlov fan)
- Markaziy Osiyoda nomad madaniyati genezisi va taraqqiyoti (tanlov fan)
- So‘nggi o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi munosabatlari (tanlov fan)
- Orta asr turk tarixnavisligida muammolar bilan bog’liq yechimlar (tanlov fan)
- Timuriylar davri tarixshunosligi (tanlov fan)
- Eng yangi davrda Markaziy Osiyodagi geosiyosat (tanlov fan)
- Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy antropologiyasi (tanlov fan)
- Temuriylar davri tarixshunosligi (tanlov fan)
- O‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi etno-madaniy jarayonlar tarixshunosligi (tanlov fan)
70230501 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
- Mutaxassislikning nazariy masalalari
- Etnologiya va antropologiyaning nazariy masalalari
- Etnologik va antropologik tadqiqot usullari
- O‘zbekiston etnologiyasi tarixshunosligi (tanlov fan)
- Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi tarixshunosligi (tanlov fan)
- Markaziy Osiyo etnotoponimikasi (tanlov fan)
- Markaziy Osiyo etnogeografiyasi (tanlov fan)
- Markaziy Osiyo xalqlari identikligi: an’anaviy va zamonaviy qarashlar (tanlov fan)
- Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, urf odatlari va diniy qarashlari (tanlov fan)
- Markaziy Osiyo xalqlari xo’jaligi masalasi tarixshunosligi (tanlov fan)
- Sharq xalqlari xo’jaligi masalalari tarixshunosligi (tanlov fan)
- Qadimgi va o‘rta asrlarda turk duniyosida ijtimoiy-siyosiy jarayonlari (tanlov fan)
- Sharq xalqlari vizual antropologiyasi (tanlov fan)
Kafedraning ilmiy loyihalari
- “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi”
- “Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi”
- “Tarixiy tadqiqot usullari”
Kafedraning hamkor tashkilotlari
- O‘z R VM huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi
- O‘zFA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
- O‘zR FA Tarix instituti
- O‘zR FA San’atshunoslik instituti
- O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi
- O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
- O‘zbekiston Milliy arxivi
- TDShU Yunusobod akademik litseyi
Kafedraning ilmiy tadqiqot markazi
- “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, manbashunosligi va tarixiy geografik tadqiqotlar ilmiy markazi”
Kafedraning faoliyati bo‘yicha fotolavhalar