Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

SHARQ MAMLAKATLARI TARIXI VA ANTROPOLOGIYASI KAFEDRASI

  Ikromov Shavkat Iskandarovich
Ilmiy darajasi va unvoni: PhD
Lavozimi:: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni  (10:00-12:00)
Tel.: +99899 391-77-08
E-mail: shavkat_ikromov@tsuos.uz

“Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi” kafedrasi

1918-yil Toshkentda Turkiston Sharqshunoslik instituti tashkil etildi. Mazkur bilim dargohida sharq mamlakatlari tili va adabiyoti bilan bir qatorda xorijiy sharq mamlakatlarining tarixi ham o‘qitilgan. 1944-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekistan Milliy universiteti) qoshida qayta tashkil qilingan Sharqshunoslik fakultetida ham Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari tarixi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlangan. Mazkur fakultet negzida 1991-yil Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil qilinadi va uning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida sharq mamlakatlari tarixini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 apreldagi PQ-4680-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil qilinganidan so‘ng ham mazkur yo‘nalish universitetning tayanch yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shu tariqa qareib bir asrlik an’ana, tajriba va qadriyatlarga ega bo‘lgan kafedra bugungi kunda o‘z faoliyatini “Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi” kafedrasi nomi ostida davom ettirmoqda. Xozirda, mazkur kafedra sharqshunos-tarixchilarni tayyorlab beruvchi Markaziy Osiyodagi kamsonli O‘zbekistonda esa yagona bo‘lgan markaz va katta ilmiy dargoh sifatida o‘z o‘rni va obro’siga egadir.

Kafedra talabalarga tanlangan mutaxassisliklar bo‘yicha Sharq mamlakatlarining tarixi, ijtimoiy-siyosiy tizimi, davlat tuzumi, dini, tarixiy geografiyasi, tarixiy manbashunosligidan mukammal bilim berish maqsadida tashkil etilgan.

Kafedra faoliyati davomida ko‘plab respublikamizda va xorijda taniqli sharqshunos-olimlar, ilm fan arboblari yetishib chiqdi. Xususan, akademiklar – N.Baratov, B.Ahmedov, A.Muhammadjonov, A.O‘rinboyev, R. Aminova  professorlar – T.G‘iyosov, M.Boboxo‘jaev, M.Nishonov, M.Kutina, A.Xo‘jaev, T.Sattarov, A.Hasanov, S.Inog‘omov, Z.Munavvarov, R.Qodirov, R.Qosimov shular jumlasidan.

 

Kafedraning ilmiy loyihasi

  • Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi tarixi yo‘nalishlarida olib boriladi. Ushbu ilmiy tadqiqotlarning natijalari monografiyalar, ilmiy risolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tarzida chop etilib, tarixchi-mutaxassislar, talabalar e’tiboriga havola qilinmoqda.
  • Kafedraning o‘qituvchilari va izlanuvchilari doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash yo‘lida faol ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda hamda ilmiy izlanuvchilik faoliyati doirasida doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlamoqdalar.
  • Kafedra ixtisosliklarining nomlari va shifrlari (PhD va DSc).:  07.00.03.- Jahon tarixi; 07.00.05-Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi (tarix fanlari bo‘yicha);  07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari.

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  • O‘zFA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
  • O‘zR FA Tarix instituti
  • O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi
  • O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
  • O‘zbekiston Milliy Universiteti
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi Sharq tillari litseyi

Kafedraning faoliyati boyicha fotolavhalar

SAGU Sharq fakulteti tarix fakulteti talabalari, 1953 yil.

photo_2022-09-16_18-38-50

photo_2022-09-16_18-38-55

photo_2022-09-16_18-38-59

photo_2022-09-16_18-39-04

31.01.2023, 23:41 19096