Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’yicha bo’lim

 Laziz aka  TO’RAYEV LAZIZ ABDIVALI O’G’LI
Lavozimi:  Bo’lim boshlig’i
Qabul vaqtlari:  Har kuni (14:00-16:00)
Tel.:  +99871 236 79 65
E-mail:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698-sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 5-iyuldagi 593-sonli “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarining Innovatsion jamg‘armasi to’g’risidagi namunaviy nizomini tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’i hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektorining 2018-yil 9-iyuldagi 01-434-son buyruqlariga ko’ra Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “TDSHU Innovatsion jamg‘armasi” nizomi hamda Innovatsion Kengash tarkibi tasdiqlangan.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish” bo’limi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-son “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 5-iyuldagi 594-son “Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’yicha bo’linma to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2018-yil 9-iyuldagi 01-435-son buyruqlari asosida universitetida Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi nizomi tasdiqlangan hamda Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi tashkil etildi.

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘linmasining faoliyatining asosiy maqsadi, vazifalari:

  • tizimli ravishda innovatsion mahsulotlarga (loyihalar, nashrlar, ishlar, xizmatlar) bo‘lgan talab, innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni o‘rganish va masalalarni hal qilish,
  • universitet professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalarni sohaning iqtisodiy tarmoqlarga joriy qilish va tijoratlashtirishni tashkil etish,
  • yuqori tijoriy salohiyatiga ega va tijoratlashtirish uchun tayyor bo‘lgan istiqbolli loyihalarni saralab olish,
  • innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor tashkilot vakillarini jalb qilish,
  • innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalar, grantlar va hayriya mablag‘larini tijoratlashtirishdan tushadigan mablag‘larni jalb qilish,
  • ilmiy laboratoriyalarni moddiy-texnik ta‘minlash (ilmiy-laboratoriya uskunalari, harajat materiallari va komplektlarni sotib olish),
  • innovatsion jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalar tanlovini tashkillashtirish,
  • grantlar va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishini ta’minlash,
  • tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan ilmiy-texnik mahsulotlarni buyurtmachilarga (iste’molchilarga) sotish.

 

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’yicha Nizom

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Innovatsion jamg’armasi to’g’risidagi Nizom

20.01.2023, 14:40 4112