Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Konfutsiy nomidagi O‘zbek-Xitoy instituti

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI HUZURIDAGI KONFUSIY NOMLI O‘ZBEKISTON-XITOY INSTITUTINING FAOLIYaTI HAQIDA

  

UMUMIY MA’LUMOTLAR

 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfusiy nomli O‘zbekiston-xitoy instituti (bundan keyin – institut) 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va XXRning Ta’lim vazirligi orasida “Toshkent shahrida Konfusiy nomli institutni tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi kelishuv”ga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 sentyabrdagi “Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshida Xitoyshunoslik fakultetini tashkil qilish to‘g‘risida”gi  № PP-2228 sonli qarori ijrosiga muvofiq tashkil etildi.

Hozirgi paytda institutda xitoy tilidan dars beradigan 15 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi.

2020-2021 o‘quv yilida instiutdagi doimiy tinglovchilar soni 250nafarni tashkil etdi. Ta’sis etilgan paytdan boshlab institutda 3000dan ziyod tinglovchi xitoy tilidan tahsil oldi.

Filologiya fanlari doktori, dotsent Nasirova Saodat Abdullaevna institutning O‘zbekiston tomonidan direktori (2016 yil may oyidan) hisoblanadi. Institut A.Temur ko‘chasi, 26 (muqaddam “Politexkolledj” binosining o‘ng qanot 3-qavat) manzilida joylashgan.

 

FAOLIYAT SOHASI VA YO‘NALISHLARI

 Institut quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi:

– xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha qo‘shma metodik seminar-treninglarni tashkil qilish;

  • hamkorlikda madaniy tadbirlar o‘tkazish;
  • xitoy tilidan yangi yangi darsliklar va uslubiy qo‘llanmalar nashr etish;
  • xitoyshunoslik, Markaziy Osiyo tarixi, O‘zbekiston-Xitoy orasidagi munosabatlar sohasida hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • Ta’sischilar Kengashining qo‘shma majlislarini tashkil qilish va o‘tkazish, shuningdek, sinxronchi tarjimonlar tayyorlash ishida yordam ko‘rsatish.

 

 INSTITUT FAOLIYATINI MOLIYaLAShTIRISH VA UNI MODDIY-TEXNIKAVIY TA’MINLASH

Xitoy tomonidan Xanban tashkiloti (hozirgi kunda xitoy tilini o‘qiish bo‘yicha xalqaro Fond) va Lanjou universiteti, O‘zbekiston tomonidan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mazkur institutning ta’sischilari hisoblanadi.

XXRdan kelgan o‘qituvchilarga to‘lovlar Xitoy tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston tomonidan ishlayotgan o‘qituvchilar mehnat haqlarini soatbay asosida, tinglovchilardan tahsil olganlik uchun to‘langan mablag‘lar hisobidan oladilar.

Kurslar haftasiga ikki marta, kuniga 2 soatdan tashkil etilgan.

O‘quv kurslarining miqdori bir oyda 300 000 so‘mni tashkil etadi.

Joriy boshqaruv hamda aholiga, akademik litsey va maktab o‘quvchilariga xitoy tilini o‘rgatish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat evaziga tushgan pul mablag‘larini sarflash, shuningdek, xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha metodik seminar-treninglarni tashkil qilish hamda hamkorlikdagi madaniy tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar TDShU va KI rahbariyati tomonidan hal qilib kelinadi.

O‘quv jarayonini tashkil qilish uchun institutda 7 ta o‘quv auditoriyasi, 1 ta lingafon xonasi mavjud. Institutning kutubxona fondida 4 ming dona badiiy, o‘quv, ilmiy-ma’rifiy adabiyotlar va audiovizual materiallar mavjud.

Hozirgi paytda institut zamonaviy darajadagi zaruriy o‘quv va texnik uskunalar, jumladan, 25 dona kompyuter, 4 dona proektorga ega bo‘lgan sinf xonalari mavjud. Barcha o‘quv auditoriyalari  zamonaviy yozuv taxtalari va mebellar bilan jihozlangan.

 

O‘QUV FAOLIYATINI TASHQIL QILISh

Institut tashkil etilgan kundan boshlab xitoy tili bilimdonlarini tayyorlashga ixtisoslashgan o‘quv markazi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Akademik litsey va maktab o‘quvchilari, turli tashkilotlarda ishlovchi xodimlar, tadbirkorlar, talabalar va aholining boshqa qatlamlari institut qoshidagi xitoy tili kurslarining asosiy tinglovchilari hisoblanadi. O‘quv jarayonini tashkil etishda xitoylik volontyor-o‘qituvchilar ishtirok etadilar. Ular TDShUning Xitoy filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ish olib boradilar, o‘qitish metodlari va xitoy tilida so‘zlashuv amaliyotini takomillashtirish ishida ishtirok etadilar.

 

MADANIY-MA’RIFIY ISHLAR

Xitoy tilini o‘qitish, tinglovchilarning og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini egallashdan tashqari  Konfusiy institutida Xitoy urf-odat va an’analari, madaniyati bilan ham yaqindan tanishish imkoniyatlar ham mavjud. Bunda turli to‘garaklar muhim rol o‘ynaydi. Bular: “Hattotlik”, “Xitoy pazandaligi”, “Taydzi mahorati (xitoycha gimnastika)”, “Debat-klub”, va boshqalar. Shuningdek, institutda har oy 2-3 marta “Men xitoycha qo‘shiq kuylayman”, “Notiqlik san’ati”, “Insholar bellashuvi”, “Xitoy nasrining nafosati”, “Quvnoq spartakiada” va bir qator shunga o‘xshash madaniy-ma’rifiy tadbirlar ham o‘tkazib kelinadi. Bunday turdagi tadbirlar va to‘garaklarga bo‘lgan qiziqish tinglovchilar orasida juda yuksak darajada.

Har yili o‘tkazilib kelinayotgan “Xitoyshunoslikning dolzarb masalalari va Buyuk ipak yo‘li madaniyati masalalari” mavzuli ilmiy-amaliy konferensiya Konfusiy institutining yuksak e’tiborini namoyon etib kelmoqda.  2005 yildan buyon O‘zbekiston va Xitoy orasidagi madaniy, ta’lim va tarixiy aloqalar, qadimgi xitoycha matnlar, xitoy tilini o‘qitish metodikasi va xitoyshunoslikning boshqa turli muammolariga bag‘ishlangan mavzularni qamrab olgan 14 ta ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Mazkur konferensiya 2017 yilda xalqaro ilmiy amaliy konferensiya statutisiga ega bo‘ldi.

O‘zbekistonlik xitoyshunoslar va Konfusiy instituti o‘qituvchilari  tomonidan katta hajmda ilmiy maqolalar, o‘quv qo‘llanmalari chop ettirildi. Bu bilan xitoyshunoslikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shildi. Mavjud ehtiyojlardan kelib chiqqan holda Konfusiy instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘zbek tilida “Quvnoq xitoy tili”, “Xitoy tilining yangi amaliy kursi”, “O‘zbekcha-xitoycha so‘zlashgich”, “Xitoy geografiyasi”, “Xitoy tarixi”, “Xitoy madaniyati” va xitoy tilini o‘qitishga qaratilgan boshqa bir qator darsliklar nashr etildi.

2014-2015 o‘quv yili yakunlariga ko‘ra, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Konfusiy nomli O‘zbekiston-xitoy instituti dunyoning 140 ta mamlakatidagi o‘xshash 600 institut orasida eng yaxshi o‘quv maskani sifatida e’tirof etildi. Xanban rahbariyati institutni yangi modul tizimi mezonlari talablariga to‘la javob berishini alohida ta’kidlashgan.

2016 yilning dekabr oyida Konfusiy institutlarining Xalqaro anjumanida  XXR Bosh vazirining o‘rinbosari, Lyu Yandun janobi oliyalari Konfusiy instituti va O‘zbekistondagi xitoyshunoslik sohasining taraqqiyotiga qo‘shgan katta hissasi uchun TDShU va IK rahbariyatini medal va yorliq bilan taqdirladi.

2016 yil XXRda Konfusiy institutlarining Xalqaro anjumani chog‘ida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfusiy nomli O‘zbekiston-xitoy instituti yana bir marotaba “Dunyoning eng birinchi Konfusiy instituti”, “Model tizimiga asoslangan Konfusiy instituti” nomini qozondi.

ShHT Forumi munosabati bilan Konfusiy Institutiga O‘zbekiston Respublikasi va XXR davlat rahbarlarining ayollari, ikki davlat Birinchi Xonimlari 2016 va 2017 yillar davomida tashrif buyurishgan.

 

Telegram

Instagram

Facebook

photo_2020-06-04_14-49-27

photo_2020-06-04_14-51-36photo_2020-06-04_14-51-18photo_2020-06-04_14-51-05photo_2020-06-04_14-50-59photo_2020-06-04_14-50-51photo_2020-06-04_14-49-58photo_2020-06-04_14-49-52photo_2020-06-04_14-49-48photo_2020-06-04_14-49-45photo_2020-06-04_14-49-42photo_2020-06-04_14-49-39

25.11.2021, 00:58 45487