Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Climate Science Olympiad 2023 tanlovida taqdirlangan TDSHU magistranti

Climate Science tashkiloti dunyo boʻylab iqlim fanlariga qiziquvchi barcha yoshlar uchun Climate Science Olympiad 2023 tanlovini taqdim etadi. Ushbu olimpiadada Climate Science sohasi boʻyicha bilimga ega 25 yoshgacha boʻlgan barcha ishtirokchilar yakka tartibda yoki 2 kishidan iborat jamoa tarzida ishtirok etishi mumkin.

Olimpiada 3 xil yosh kategoriyasida oʻtkaziladi: 16 yoshgacha boʻlganlar, 17-19 yoshdagilar, 20-25 yoshdagilar. Lekin yoshidan qatʼi nazar barcha ishtirokchilar bir xil saralash bosqichida raqobatlashadilar.

Olimpiada onlayn tarzda ingliz tilida boʻlib oʻtadi. Gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi – $15,000.

Mazkur olimpiadada TDSHU Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm kafedrasi magistranti Oripova Dinora ham ishtirok etmoqda. Oripova Dinora PhD Abdullayeva Shaxnoza Erkinovna ilmiy rahbarligida faoliyatini davom ettirmoqda.

Dinora dastlabki ikki bosqichdan muvaffaqqiyatli o‘tdi hamda olimpiadaning yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. TDSHU jamoasiDinoraga may oyida bo’lib o’tadigan olimpiadaning yarim finalida omad va zafarlar tilab qoladi.

cer

01.05.2023, 15:19 941