Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligiga bag‘ishlangan “Koreya-O‘zbekiston: madaniy aloqa, adabiy aloqa” nomli teatrlashtirilgan adabiy kecha

03.12.2019, 19:18 Yangiliklar 3608

3-dekabr kuni ToshDSHIning Koreys filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Koreyashunoslik fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligiga bag‘ishlangan “Koreya-O‘zbekiston: madaniy aloqa, adabiy aloqa” nomli teatrlashtirilgan adabiy kecha o‘tkazildi.

Kechada ToshDSHI rektori G.Rixsiyeva, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi, Koreya Respublikasining Toshkentdagi ta’lim markazi direktori, Yoju universiteti professor-o‘qituvchi va talabalari, Koyka tashkiloti professor-o‘qituvchilari, Chinson televideniyasi xodimlari, Koryo Sinmun gazetasi nashriyoti xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur adabiy kecha bir necha maxsus qismlarga ajratilgan holda o’tkazilib, unda Uspenskiy nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan davlat gimni va koreys xalq qo‘shig‘i “Arirang” jonli ijro etildi, 1-2-kurs talabalari tomonidan o’zbekcha va koreyscha milliy raqslar namoyish etildi, o’zbek shoirlarining koreyschaga tarjima qilingan hamda koreys shoirlarining o’zbek tiliga tarjima qilingan she’rlari talabalar tomonidan o‘qib eshittirildi, koreys milliy qo’shiqlari kuylandi va dutor taronalari yangradi, koreys adiblarining bir qator asarlaridan o’zbek va rus tillariga qilingan tarjimalari asosida monologlar o’qildi.

Kechaning “Shaxs va jamiyat” qismida koreys adibasi Li Sanning “Qanotlar”, Pak Vansoning “O‘tmishdan xotiralar”, Ku Xyo Soning “Bir qop tuz”,Yun De Yonning “Yorug‘lik odimlari”, Shin Kyong Sukning “Onamni o‘z panohingda asra” asarlaridan o‘zbek va rus tiliga qilingan tarjimalar asosida monologlar o‘qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusning 2-tashabbusi doirasida – sport namoyondalari ishtirokida uchrashuvlar, master-klasslar o‘tkazish bo‘yicha 2-kurs talabasi Tenelov Amir murabbiyligida yosh taekvondistlar chiqishlari bo‘ldi.

Kecha so‘ngida joriy yilning 5-6-sentabr kunlari o‘tkazilgan Xalqaro insholar ko‘rik tanlovi g‘olibi 3-kurs talabasi Kinjeyeva Busoraga, kechani tashkil etishda yaqindan amaliy yordam ko‘rsatgan Respublika maxsus musiqa akademik litseyi o‘qituvchi va dirijyorlari, taekvondo guruhiga tashakkurnomalar taqdim etildi, Koyka tashkiloti professor-o‘qituvchilari tomonidan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

IMG_9326 IMG_9379

IMG_9669 IMG_9662

IMG_9523 IMG_9520

50BCB6F6-5FDC-411F-83FE-9C9F14757FC3 704F91A4-8791-4E78-B92D-9CC6ADCBB303IMG_9729 IMG_9742 4164EE94-A8C3-40E0-A965-7B75D5DDE5D0 8F4BD517-E0B7-4EB6-840E-B29BD4EC7690   B3875711-6F02-481D-8F11-67CD10A2F144 EB5F8267-E9BE-4CF4-963A-54085E1D51AD