Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Navbatdagi “Homereading party” tadbiri

10.12.2019, 17:00 Yangiliklar 3474

ToshDSHIda sharq va g’arb tillarini o’qitish va o’rganishga qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Ayniqsa ingliz tilida badiiy asarlar o’qib, ularni tahlil qilish va sahnalashtirish, ingliz tilida she’rxonlik qilish bo’yicha o’tkazilayotgan tadbirlar avj olmoqda.

Shu munosabat bilan, 10-dekabr kuni ToshDSHI Sharq filologiyasi fakulteti Ingliz tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 1-bosqich talabalarning ingliz tilini chuqur o‘rganayotganliklari va yaxshi o’zlashtirayotganliklarini namoyish etish maqsadida navbatdagi “Homereading party” tadbiri tashkil etildi. Unda “Drama club” asosida yapon-ingliz (rus) guruhi talabalari “Romeo And Juliet” hamda fors-ingliz (rus) guruhi talabalari ishtirokida “Charlie and The Chocalate Factory” sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Tadbirda institut O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori A.A.Voxidov, Sharq filologiyasi fakulteti dekani Q.Sh.Omonov, dekan o‘rinbosarlari, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

photo_2019-12-11_17-02-08 photo_2019-12-11_17-02-07