Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

​​Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga rektor tayinlandi!

28.06.2019, 15:56 Yangiliklar 3989

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori lavozimiga Rixsieva Gulchexra Shovkatovna tayinlandi.

Rixsieva Gulchexra Shovkatovna 1971-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1993-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 2019-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.