Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

❇️Tabriknoma_🇺🇿30🇺🇿

01.09.2021, 10:57 Yangiliklar 4720

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan universitet rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovnaning bayram tabrigi!

Aziz yurtdoshlar! Qadrli Universitetimiz jamoasi!

Bugun O‘zbekiston xalqi o‘tgan ajdodlarimizning azaliy orzusi bo‘lgan Mustaqilligimizning o’ttiz yilligi bayramini yuraklarda yuksak g‘urur va iftixor bilan keng nishonlamoqda. Shu fursatdan foydalanib, eng ulug‘ va eng aziz ayyomni katta xursandchilik hamda zafarlar bilan qarshi olayotgan butun universitetimiz jamoasini, O‘zbekiston xalqini — Istiqlolimizning qutlug‘ o’ttiz yillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Buyuk va bebaho ne‘mat – mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos ahamiyati yillar o‘tishi bilan tobora ortib bormoqda. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta‘minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e‘tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘lib kelmoqda. 

TDSHU mustaqillik yillarida nafaqat O‘zbekiston, balki mintaqa uchun ilmiy-ijtimoiy o‘ta muhim va e’tiborga molik oliy ta’lim maskaniga aylangan va nafaqat yurtimizda balki dunyo mamlakatlari o‘rtasida o‘z o‘rnini egallamoqda.

Betakror Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishdan hech qachon tolmaylik, charchamaylik! Barchamizga, jonajon yurtimizning kamolini, farzandlarimiz va nabiralarimizning baxt-u iqbolini ko‘rish nasib etsin! O‘zbekistonimiz doimo gullab-yashnasin! Mustaqillik shodiyonalari muborak bo‘lsin.

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

   Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna

    WordPress Lab Porus – Bakery Store WordPress Theme POS Module for Stock Manager Advance Post Accordion for WordPress Post Creator for ARForms Post Gallery Menu for Elementor Post Grid – Addon WPBakery Page Builder (Formerly Visual Composer) Post Grid For Visual Composer Post Grid Pro Post Layout : News Ticker for Visual Composer Post List – Smart Post List Addon For Elementor