Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

🌙🌙🌙 TA’ZIYA 🌙🌙🌙 IDIROV ULUG‘BEK YUSUPOVICH

07.08.2021, 20:43 Yangiliklar 3046

            1958-2021

Shafqatsiz o‘lim oramizdan TDSHU professori, siyosiy fanlar doktori, yirik siyosatshunos olim, oliy ta’lim a’lochisi Idirov Ulug‘bek Yusupovichni olib ketdi.

Domla ayni ilmiy salohiyatining yetuklik pallasida bu yorug‘ olamni tark etdilar.

Domla 20-yil davomida universitetda “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasini boshqarib, talabalar va jamoaning qalbidan bilimdon mutaxassis, siyosiy jarayonlarning tiyran tahlilchisi sifatida joy olgan edilar. 

U. Idirov o‘nlab kitoblar, yuzdan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hamda mamlakatdagi siyosatshunoslik sohasining yetuk mutaxassisi o‘laroq sharqshunoslik tarixida qoldilar. 

TDSHU rahbariyati Ulug‘bek Idirovning rafiqalari va farzandlariga, jamoaga ta’ziya izhor etadi.

Cheksiz sabr tilaydi.