Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

100 jildlik adabiyot durdonalari jamlanmasining yaratilishida TDSHU professor-o’qituvchilari va talabalari jamoasi ishtirok etdi.

16.11.2022, 13:53 Yangiliklar 1036

#BRM4

100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” jamlanmasiga umumturkiy adabiyotning eng sara namunalari, oʻzbek, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, qozoq, qirgʻiz, turkman va venger adabiyotining XI-XXI asrlarga mansub 629 nafar atoqli shoir, adib va mutafakkirlarining asarlari kiritilgan.

100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari”ning 3 jildi TDSHU “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasida nashrga tayyorlangan boʻlib, unda kafedra dotsenti, DSc Xayrulla Hamidov rahbarligidagi tarjimonlar guruhi ishtirok etgan. Kitoblarga kafedra oʻqituvchilari M.Yoqubjonova, magistrantlar K.Rasulova, D.Shodmonova, Sh.Qurbonmurodov, talabalar S.Bahodirovalarning turk tilidan qilgan tarjimalari ham kiritilgan.

Shuningdek, TDSHU bitiruvchilari S.Umarova, N.Sultanova, N.Valieva, Sh.Tojieva va N.Gʻafforovalarning ham tarjimalari toʻplamning 52-jildidan joy olgan.