Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ikkinchi mutaxassislik

16.10.2020, 07:03 Yangiliklar 3677

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIDA  

IKKINCHI MUTAXASSISLIK BO‘YICHA OLIY TA’LIM

 OLISH UCHUN HUJJATLARINI

ikkinchtalim.edu.uz PLATFORMASI ORQALI

ONLAYN QAYDDAN O‘TKAZGAN QUYIDAGI FUQAROLAR UNIVERSITET QABUL KOMISSIYASIGA  

2020-YIL 19-OKTABRIDAN 21-OKTABRIGACHA RO‘YXATDAGI SHAXSIY HUJJATLARINI TAQDIM ETISHLARI SO‘RALADI:

  1. Universitet rektorinomiga ariza;
  2. Oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan. Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil may oyidan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim;
  3. 12 dona rangli 3,5×4,5 sm xajmdagi fotosurat (oq fonda);
  4. Pasportdan 6 nusxa (asli shaxsan ko‘rsatiladi)
  5. Harbiy xizmatga aloqadorlik to‘g‘risidagi hujjatning 2 nusxasi (hujjatning asli shaxsan ko‘rsatiladi);
  6. Fuqaroning STIRdan 2 nusxa
  7. A5 o‘lchamidagi konvert
  8. Hujjatjild (skorosshivatel)

TO‘LOV-SHARTNOMANI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

To‘lov-shartnomalar universitet moliya reja bo‘limi tomonidan rasmiylashtiriladi. To‘lov-shartnomani rasmiylashtirish uchun universitetga tashrif buyurganda shartnomaning qaysi turini rasmiylashtirishni aniqlashtirib kelish kerak. To‘lov-shartnoma asosida mutaxassis tayyorlash uchun abituriyent va universitet o‘rtasida tuziladigan shartnomaning 3 turi mavjud.

  1. Ikki tomonlama shartnoma – agar abituriyent naqd, plastik kartochka yoki talim krediti asosida shartnoma pulini to‘lamoqchi bo‘lsa;
  2. Uch tomonlama shartnoma – agar abituriyent korxona, tashkilot va muassasalar yoki boshqa yuridik shaxslar orqali pul ko‘chirish yo‘li orqali shartnoma pulini to‘lamoqchi bo‘lsa;
  3. Uch tomonlama shartnoma – agar abituriyent ota-onasi yoki o‘zining ish haqi asosida shartnoma pulini to‘lamoqchi bo‘lsa;

Qabul komissiyasi universitetning Shahrisabz ko‘chasi, 25-uyda joylashgan o‘quv binosida ishlaydi.