Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU rektorining 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bayram tabrigi

14.01.2021, 10:19 Yangiliklar 3664

Bugun  14-yanvar  Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 29 yil bo‘ldi.

Yurtni mard o‘g‘lonlar qo‘riqlaydi. Sizlar borsizki, biz tinch va xotirjammiz.

Bugungi bayram munosabati bilan o‘z hayotini Vatan himoyasidek ulug‘ ishga bag‘ishlagan Vatan himoyachilarini hamda universitetimizning  barcha mard o‘g‘lonlarini  chin qalbimdan  tabriklayman.

Yurtimizga sidqidildan xizmat qilishdek sharafli vazifani ado etishda  mustahkam sog‘liq, oilalaringizga baxt-u saodat, Vatanni himoya qilishdek olijanob faoliyatingizda kuch-g‘ayrat va yutuqlar tilayman.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.SH.Rixsiyeva