Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Diqqat tanlov!

18.01.2021, 13:17 E'lonlar 3061

Joriy yilning 4-14-fevral kunlari TDSHUda   «Yurtim allomalari» mavzusida ilmiy, ma’naviy va    ma’rifiy yo‘nalishda turkum tadbirlar  o‘nkunligi     o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar doirasida “G‘azalxon yoshligim: Alisher Navoiy g‘azallari bilimdoni” mushoiraxonlik tanlovi ham bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tanlovda hazrat Alisher Navoiy g‘azallarini ko‘p yod olgan ilmi toliblar g‘oliblik uchun  bellashadilar.

Tanlov shartlari:
1. Hazrat Alisher Navoiy g‘azallaridan kamida 200 baytni yoddan bilish;
2. Alisher Navoiy g‘azallarini hay’at a’zolari oldida ifodali, yoddan aytib berish;
3. 1-6- fevral kunlari  soat 14:00 dan 17:00 ga qadar  Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat  va  ma’rifat  bo‘limi  (708- xona, Ilhom Islomov)ga  10×15 o‘lchamdagi elektron rasmi  bilan kelishi va  qayddan o‘tish kerak. Eng ko‘p g‘azal yod olgan tanlov g‘olibini nufuzli hay’at a’zolari aniqlab beradi.
Hay’at a’zolari:
1. O‘zbekiston xalq yozuvchisi, professor Muhammad Ali (hay’at raisi).
2. Respublika kitobxon tanlovi hay’ati a’zosi, professor Boqijon To‘xliyev (a’zo).
3. O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, dotsent Adhambek Alimbekov (a’zo).
4. Alisher Navoiy ijodining mohir tadqiqotchisi, PhD Olimjon Davlatov (a’zo).

Tanlov g‘oliblari quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadilar:

1-o‘rin egasi 500 ming
2-o‘rin sohibi 300 ming
3-o‘rin sohibi 200 ming pul mukofoti hamda universitet rektori G.SH.Rixsiyevadan faxriy yorliqga ega bo‘ladi
Tanlovda siz ham o‘zingizni sinab ko‘ring.

Universitet matbuot xizmati

    WordPress Lab Mochi – A Clean Personal WordPress Blog Theme Moda – Multipurpose WooCommerce WordPress Theme With RTL Support Modal Box/Popup for Cornerstone Modave – Multipurpose WooCommerce WordPress Theme Modelish – A Unique Photography WordPress Theme Models – Fashion Agency WordPress Theme Modern Audio Player Schedule AddOn Modern Events Calendar Modern HTML5 Responsive Youtube Playlist Player Modern Video Player for WordPress