Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekistondagi Afg‘oniston Islom Respublikasi Elchixona maslahatchisi Ajmin Amin tashrif buyurdi

25.01.2021, 13:24 Yangiliklar 2318

Bugun, 2021-yil 25-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga O‘zbekistondagi Afg‘oniston Islom Respublikasi Elchixona maslahatchisi Ajmin Amin tashrif buyurdi.

Mehmonni universitet rektori G.SH.Rixsiyeva, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor  E.A.Maxmudov, Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani I.Y.Bultakov, Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi mudiri H.V. Mirzaxmedova kutib olishdi.

Tashrif davomida martabali mehmon bilan hamkorlik borasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash haqida suhbatlashildi. Shuningdek, O‘zbekistondagi Afg‘oniston Islom Respublikasi Elchixona maslahatchisi Ajmin Amin universitet talabalari uchun Afg‘oniston Fanlar akademiyasi tomonidan til, adabiyot, falsafa va tarix sohalarida tadqiqot qilingan va nashr etilgan ilmiy adabiyotlar hamda jurnallarni taqdim   etdi.

https://www.uza.uz/uz/posts/236685

33       5

6    9

Universitet mabuot xizmati