Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Turkiyalik hamkorlar bilan Alisher Navoiyga bag’ishlangan onlayn vebinar

06.02.2021, 19:37 Yangiliklar 2097

6-fevral kuni Turkiya vaqti bilan 13.00-14.00, O’zbekiston vaqti bilan 15.00-16.00 orasi O’zbekistonning Istanbul Bosh Konsulxonasi tashabbusi bilan Istanbul Universiteti, Istanbul Tijorat Universiteti hamda Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti hamkorligida “Navoiyni Xotirlash, Anglash” (Nevaî’yi Anmak, Anlamak) nomli online tadbir bo’lib o’tdi. Ushbu online tadbirning ilk bosqichida O’zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli Amirsaid Agzamxo’djayev so’zga chiqib tadbirni ochib berdi. Amirsaid Agzamxo’djayev tadbir ishtirokchilarini qutlab, Alisher Navoiyning nafaqat o’zbek adabiyotida qolaversa butun Turk dunyosidagi benazir ahamiyati borasida nutq so’zladi. O’zbekiston davlat rahbarining qarori bilan Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan Xalqaro jamoat fondi tashkil qilinganini ma’lum qildi.

Tadbirga taklif qilingan martabali mehmonlardan İstanbul tijorat universiteti rektori Prof. Dr. Yücel Oğurlu, o‘zbek tilida nutq so’zlab O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Temur tig’i yetmagan joyni, qalam bilan oldi Alisher” she’rini izohladi. Navoiy – Turk olamini birlashtiruvchi qadriyat ekanini aytdi. Tadbir hamkori Toshkent davlat sharqshunoslık universiteti rektori Dr. Gulchehra Shavkatovna so’zga chiqib, Alisher Navoiyning o’zbek tili va adabiyotidagi mavqei, ma’naviy merosimizdagi ahamiyatini tilga oldi. Mamlakat bo’ylab keng nishonlanayotgan Navoiy kechalariga urg’u berib, ajdodlarimizning merosini yashatish borasidagi qilingan ishlar va vazifalarni bayon qilib o’tdi. Toshkent davlat sharqshunoslık universitesitetining xalqaro hamkorlik ishlari bo’yicha prorektori  Dr. Elyor Mahmudov ham so’zga chiqib, tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdi. Hamkorliklarimizni yanada kengaytirish masalalariga ham to’xtalib o’tdi. Tadbirning ikkinchi bosqichi ilmiyma’rifiy panel shaklida bo’lib o’tdi. Istanbul kultur universiteti professori Prof. Dr.Vahit Türk, “Alisher Navoiyning madaniyatimiz ve tariximizdagi o’rni” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi. Turkiy Madaniyat tarixida Alisher Navoiyning benazir shaxsiyatiga baho berib, tarixda uning ismi yoniga qo’ya oladigan boshqa bir ism yo’q ekanligiga urg’u berdi. Navoiy asarlarining ma’naviyatimizda, tariximizda tutgan ahamiyatini misollar bilan talqin qildi. Toshkent davlat sharqshunoslık universiteti professori Prof. Dr. Ahmadjon Quronbekov “Alisher Navoiy asarlarining tilini o’rganishdagi muammolar” mavzusida ma’ruza qildi.Alisher Navoiy tilini o’rganishda nashr qilingan logâtlarni sanab o’tdi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassis olimlar haqida ham ma’lumotlar keltirdi.

Istanbul universiteti dotsenti Doç. Dr. Reyile Kaşgarlı “Uyg’urlarning milliy shuuri muhofazasida Navoiy va asarlarining o’rni” mavzusida söz yuritar ekan, Uyg’ur tilidagi Çigâtoy adabiyotining ta’siriga keng to’xtaldi. Bugunki kunda Uyg’ur yoshlarini tarbiya qilishda Navoiy shaxsiyatining o’rnak profil ekanligi borasida Uyg’ur ziyolilarining fikrlarinibayon qildi. Mushtarak tilimizning rivoji uchun qilinadigan ishlar hamda milliy shuurimizning ma’naviy asosi sifatida Navoiy merosiga ega chiqish masalasiga e’tibor qaratdi. Dastur oxirida qatnashuvchi mehmonlar va tinglovchilarning fikr va mulohazalari hamda takliflari uchun so’z navbati berildi.Tadbirga İstanbul Tijorat Universiteti xalqaro katta tadqiqodchisi Dr. Zebiniso Kamalova moderatorlik qildi.

https://www.uza.uz/uz/posts/navoiy-tavalludining-580-yilligi

D8D62CFF-0193-4C3A-B17F-C41F0F61955E

5F60708B-9238-485B-9FD3-5C78CD4399D4

462ED144-580B-4B39-8192-EC095B7C0EB7

8BCF5ED6-CCC3-4744-B08F-537E9D72A2F0

0E73F722-C53C-4255-BADB-78AE7E020007

0F3CBDB0-9EBD-495D-A4BC-434E01DF2DC8

E7B53F5D-01D5-4789-A180-EDDF66DA5725

Universitet matbuot xizmati