Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

E’LON! Bruney-Dorussalom Tashqi ishlar va savdo vazirligi tomonidan O‘zbekiston fuqarolari uchun yana bir tanlovi e’lon qilindi

09.02.2021, 20:13 E'lonlar 1640

Bruney-Dorussalom Tashqi ishlar  va savdo vazirligi tomonidan O‘zbekiston fuqarolari uchun 2021-2022-o‘quv yilida mazkur davlat universitetlarining bakalavriat va magistratratura yo’nalisari bo‘yicha tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilingan.

Ushbu stipendiya dasturi doirasida Beruney-Dorussalom davlatining quyidagi universitetlarida grant asosida tahsil olish imkoni mavjud:

-Bruney Dorussalom universiteti;

-Sulton Sharif Ali nomidagi Islom universiteti;

-Bruney texnologiya universiteti;

-Bruney politexnika universiteti.

Mazkur stipendiya dasturi o‘qish, turar joy va oziq-ovqat, ikki tomonlamal xalqaro aviachiptalar, davolanish, o‘quv qo‘llanmalari hamda stipendiya kabi xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalarni 2021-yil 15-fevraldan kechiktirmagan holda quydagi elektron manzilga taqdim etishingiz kerak:

 applyBDGS2021@mfa.gov.bn

Arizaning elektron shaklini quydagi havola orqali yuklab olish mumkin:

https://www.apply.ubd.edu.bn/orbeon/uis-welcome/

Ushbu stipendiya tanlovi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

http://www.mfa.gov.bn/Pages/bdgs2021.aspx

 

Universitet matbuot xizmati