Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

E’lon. Yaponiyaning Tsukuba universitetidan yana bir yangilik

09.02.2021, 21:07 E'lonlar 1519

Yaponiyaning Tsukuba universiteti tomonidan 2021-2022-o‘quv yilida “Special Program in Japanese and Eurasian Studies (SPJES)” dasturi doirasida magistratura mutaxassisligida tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilingan.
Tsukuba universiteti ma’lumotiga ko‘ra, nomzodlar muayyan talablarga javob berishlari lozim. Ular  tanlov natijalari asosida tanlab olinadilar.
Mazkur stipendiya dasturi o‘qish, turar joy, ikki tomonlama xalqaro aviachiptalar va stipendiya kabi xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalarni
2021-yilning 1-martiga qadar quydagi veb-sayt orqali taqdim etishlari kerak: 👇🏻

www.chiiki.tsukuba.ac.jp/spca/news-events/news-events.html

Universitet matbuot xizmati