Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 82 39 / +998 95 515 15 05

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yaponiyaning Iryo Sosey universiteti vitse presidenti bugun TDSHU mehmoni

17.02.2021, 19:24 Yangiliklar 102

1972-yil Myunxen Olimpiadasida suzish bo‘yicha chempion, ko‘plab yana boshqa xalqaro musobaqalar g‘olibi sifatida Ginnes rekordlari kitobiga va Xalqaro suzish shon-sharaf zaliga kiritilgan Nobutaka Taguchi bugun TDSHUga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda
TDSHU rahbariyati mehmonni universitet faoliyati, yaponshunoslikning 30 yillik rivojlanish tarixi hamda Yaponiya oliy ta’lim muassasalari bilan bugungi kundagi hamkorlik jarayoni bilan tanishtirdi.

Nobutaka Taguchi TDSHUda Markaziy Osiyodagi yagona “Yaponshunoslik”fakulteti faoliyat olib borayotganidan juda ma’mnun ekanini hamda yaponshunoslik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatlarimiz aloqalari rivojlanishida muhim o‘rin tutishini alohida qayd etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida diplomatik aloqa o‘rnatilganining 29 yilligi munosabati bilan 2021-yil 23-fevral2-mart kunlari TDSHUda hamkor Yaponiya oliy ta’lim muassasalari bilan ilk bor “Yaponshunoslik xalqaro haftaligi”o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, mehmon ushbu  haftalik dastur  bilan tanishtirildi.

https://www.uza.uz/uz/posts/tdshuga-olimpiada-chempioni-tashrif-buyurdi_242422?fbclid=IwAR0xt36n6ksregZK2F_b01WSZkwS0vIq6Qc1i5LQ5LFe5aJCYD64aSWr1k4

 

EA4000F4-D5CC-47FF-9703-BFB42D54F4A4

D6AB75DC-A1E7-4FB6-9440-2033471A1E25

E36C7DEF-9BB9-4D3A-86EC-421D125F265E

Universitet matbuot xizmati

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: