Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“KITOB ULASH!” aksiyasida siz ham ishtirok eting

18.02.2021, 15:29 Yangiliklar 1925

⚡️⚡️Diqqat, “KITOB ULASH!” aksiyasi⚡️⚡️

✅Hurmatli professor-o‘qituvchilar‼️

15-20-fevral kunlari universitetimizda xayrli va savobli bo‘lgan “Kitob ulash!” haftaligi aksiyasi o‘tkaziladi✅

Hafta davomida uyingizda turgan yoki kitob javoningizdagi asarlardan hamda kafedra o‘qituvchilari chiqargan kitoblardan o‘zingiz saboq berayotgan talabalarga yoki kafedrangizga biriktirilgan maktab o‘quvchilariga ulashashing✅

Ushbu aksiya axborot va dekan soatlari, kafedra yig‘inlarida “Professordan kitob sovg‘asi”, “Dotsentdan kitob sovg‘asi”, “O‘qituvchidan kitob sovg‘asi” shaklida o‘tkazilsa, yaxshi natija bo‘ladi. Shuningdek, kitoblarda uni sovg‘a qilgan o‘qituvchining dastxati ham tushirilgan bo‘lsa, kitob olgan talaba va o‘quvchi uchun bir umrlik esdan chiqmaydigan tortiq bo‘ladi 

Unutmang‼️ Bu yorug‘ olamda eng yaxshi sovg‘a kitob. Ham ma’rifat ulashasiz, ham o‘quvchi va talabalarni o‘zingizga mehru muhabbatini oshirasiz

Kitob ulashish jarayonlarini rasmga olib @ilhomislamov manziliga yuborib qo‘ysangiz, sayt va kanallarimizda yoritib boramiz✔️

Shuningdek, aksiya haqidagi har kunlik yangiliklarni  ➡️@sharq_xabar  kanalida kuzatib borishingiz mumkin.

Universitet matbuot xizmati