Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tomonidan Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universitetining sharqshunoslik fakulteti talabalari uchun o‘zbek tili darslari online tarzda olib boriladi

22.02.2021, 22:29 E'lonlar 2660

Joriy yilning 23- fevral kunidan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tomonidan Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universitetining sharqshunoslik fakulteti talabalari uchun o‘zbek tili darslari online tarzda olib boriladi. Ushbu darslar TDSHU va QozMU o‘rtasida 2017-yilda imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Mazkur hamkorlik loyihasining muhim jihatlari shundaki, birinchisi mushtarak tariximiz, xalqlarimizni birlashtirgan yozma adabiy merosimizni o‘rganishga bo’lgan qiziqish bo‘lsa, ikkinchisi Markaziy Osiyo mamlakatlarining yaqin hamkorligini ta’minlash, tarixiy, ilmiy-ma’daniy aloqalarni kengaytirishdir. Shu nuqtai nazardan, Qozog‘istonning nufuzli universitetida o‘zbek tilini o‘qitilishi biz uchun faxr, shu bilan birga xalqaro reyting tizimlariga qarab intilishimiz va tajriba orttirishimiz uchun muhimdir.

Ushbu e’lon haqida yanada ko’proq ma’lumotlarni quyidagi havolada olasiz 👇🏻

https://www.uza.uz/uz/posts/qozoq-milliy-universitetida-ozbek-tili-darslari-yolga-qoyilmoqda_243653

Universitet matbuot   xizmati