Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

E’lon. Seul Milliy universiteti «Presidential Fellowship» dasturiga o‘qishga taklif etadi.

03.03.2021, 04:43 E'lonlar 2681

Koreya Respublikasining elchixonasi Seul Milliy universiteti 2021-yil kuzidan boshlab Prezident stipendiyasi dasturini amalga oshirishi haqida xabar beradi. Ushbu dastur asosida siz oylik 1.500 .000-2.000.000 von (taxminan 1350-1800 AQSH dollari) stipendiya bilan (3-4 yil) doktoranturada   o‘qishingiz mumkin. Umuman olganda, doktoranturada ilmiy ish olib borish uchun istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin, ammo quyidagi mutaxassisliklarga ustunlik beriladi:
muhandislik;
tibbiyot;
-qishloq xo‘jaligi;
rivojlanish tadqiqotlari yoki koreysshunoslik.
Hujjatlar 2021-yil 2-martdan 11-martgacha onlayn tarzda qabul qilinadi, natijalar 2021-yil 7-iyulda e’lon qilinadi.
Batafsil: “El-yurt umidi” jamg‘armasi saytiga yuklanadi www.eyuf.uz