Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Koreys tili notiqlik san’ati” musobaqasi o‘tkazildi.

10.03.2021, 21:25 Yangiliklar 2514

TDSHUda joriy yilning 10-mart kuni Koreyashunoslik fakulteti tomonidan “Koreys tili notiqlik san’ati” musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada fakultetning birinchi va ikkinchi bosqich talabalari ishtirok etdilar. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu tanlov bir necha yillardan buyon TDSHUda an’anaviy tarzda Koreyashunoslik sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan shaxs, professor Kim Mun Uk xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi Kim Mun Uk tavalludining 85 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan  notiqlik san’ati musobaqasi “Ustoz”  mavzusida  o‘tkazildi.

Ishtirokchilar mavzu asosida ustozning inson kamolotida tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida tayyorlab kelgan nutqlari orqali o‘z notiqlik mahoratlarini namoyish etdilar. Koreya madaniyati va hayotiga oid o‘tkazilgan tanlovda 1-o‘rin  koreys filologiyasi yo‘nalishi 1-kurs talabasi Kim Annaga nasib etdi.

Shuningdek, musobaqaning faol ishtirokchilari va g‘oliblariga  faxriy yorliq hamda esdalik  sovg‘alari topshirildi.

09399C6E-5E35-46EF-9617-AB671A65D65C

EA009FD7-5303-422A-B799-DA096C353789

1AC53A6A-9908-4ADA-BADC-158580FCFE19

092711A6-5D12-407E-ADB0-4F62AA582729

E142DDE8-F9E9-4005-AC3F-ACF3447776E0