Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“G‘azalxon yoshligim: Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Ogahiy g‘azallari bilimdoni” mushoiraxonlik tanlovi o‘tkaziladi

11.03.2021, 14:36 E'lonlar 2905

DIQQAT, TANLOV‼️

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 15-19-mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Har kuning o‘lsun navro‘z” yo‘nalishidagi ma’naviy-ma’rifiy, adabiy tadbirlar haftaligi doirasida, joriy yilning 17-mart kuni “G‘azalxon yoshligim: Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Ogahiy g‘azallari bilimdoni” mushoiraxonlik tanlovi o‘tkaziladi.

Ushbu tanlovda hazrat Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Ogahiy g‘azallarini ko‘p yod olgan talabalar g‘oliblik uchun bellashadilar.

Tanlov shartlari:
1. Hazrat Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad   Bobur va Ogahiy g‘azallaridan kamida 200 baytni yoddan bilish;
2. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad  Bobur va Ogahiy g‘azallarini hay’at a’zolari oldida ifodali, yoddan aytib berish;
3. 14-martga qadar soat 14:00 dan 17:00 ga qadar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi ( 708-xona, Ilhom Islomov @ilhomislamov) ga 10×15 o‘lchamdagi elektron rasm  bilan kelishi va qayddan o‘tishi kerak.

Eng ko‘p g‘azal yod olgan tanlov g‘olibini nufuzli hay’at a’zolari aniqlab beradi.

Hay’at a’zolari:
1. O‘zbekiston xalq yozuvchisi, professor Muhammad Ali (hay’at raisi).
2. Respublika kitobxon tanlovi hay’ati a’zosi, professor Boqijon To‘xliyev (a’zo).
3. O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, dotsent Adhambek Alimbekov (a’zo).
4. Alisher Navoiy ijodining mohir tadqiqotchisi, PhD Olimjon Davlatov (a’zo).

Tanlov g‘oliblari quyidagi sovrinlarni qo‘lga kiritadi:

✅1-o‘rin egasi 600 ming
✅2-o‘rin sohibi 400 ming
✅3-o‘rin sohibi 300 ming pul mukofoti va rektor maqtov yorlig‘iga ega bo‘ladi

📌Tanlov 2021-yilning 17-mart kuni soat 14:00 da universitetning madaniyat saroyida boshlanadi.