Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Tsukuba universiteti tomonidan yana bir yangilikni e’lon qilamiz

16.03.2021, 19:16 E'lonlar 1891

Yaponiyaning Tsukuba universiteti tomonidan 2021-2022-o‘quv yilida 1 yillik ilmiy stajirovka o‘tash uchun TDSHU “Yaponshunoslik” fakultetining 1-kurs magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalardan 2 nafar nomzodni qabul qilish rejalashtirilgan.

Avval “Yaponshunoslik” fakulteti talabalariga xabar berilganidek, mazkur stipendiya doirasida aviachiptadan tashqari qolgan barcha xarajatlar Tsukuba universiteti tomonidan qoplanadi.

Tsukuba universitetida ilmiy stajirovka o‘tash istagida bo‘lgan magistrantlar 2021- yil 17-mart kuni soat 12:00 da “Yapon filologiyasi” kafedrasida yapon tilida bo‘lib o‘tadigan suhbatda o‘z ilmiy tadqiqot mavzulari bilan ishtirok etishlari mumkin.