Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Mitsubisi kompaniyasi tomonidan ajoyib yangilik

23.03.2021, 23:48 E'lonlar 1668

📌 E’LON!!!

Yaponshunoslik fakultetining iqtidorli, o‘qishda yuqori ko‘rsatkichlar va yutuqlarga erishgan talabalari, hamda ijtimoiy moddiy ko‘mak lozim bo‘lgan talabalarga Mitsubisi kompaniyasi tomonidan 1 semestrlik to‘lov granti uchun tanlov e’lon qilinadi.

🔰 Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni Yapon filologiyasi kafedrasiga topshirishingiz so‘raladi:

1. Reyting daftarchasiidan nus’ha

2. Davomat ko‘rsatkichi (dekanat tomonidan ma’lumot)

3. Jamoat ishlari va universitet tadbirlarida faolligi (ma’naviy-ma’rifiy bo‘limdan) taqdimnoma

4. Ijtimoiy himoya moddiy ko‘mak lozimligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma

5. Turli yutuqlarni tasdiqlovchi sertifikatlar

6. Chet tillarini bilish darajasi (sertifikatlari)

Xujjatlarni toprishish muddati 31.03.2021 ga qadar