Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Universitet rahbariyati Xiva Sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumida xizmat safarida bo’lib qaytdilar

29.03.2021, 09:12 Yangiliklar 3958

Joriy yilning 27-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari rektor G.Rixsiyeva boshchiligida Xiva Sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumida xizmat safarida bo‘ldilar. Safarning asosiy maqsadi texnikum faoliyatini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish masalasiga qaratilgan.
Ma’lumot o’rnida aytshimiz joizki, Xiva Sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumi Prezidentimizning 2019- yil, 6 sentabrdagi PF-5812-sonli farmoni asosida TDSHU huzurida faoliyat yuritishi belgilangan.
TDSHU rahbariyatining texnikum ma’muriyati, talabalari va Xorazm viloyati hokimligi mas’ullari bilan muloqoti jarayonida texnikum oldida turgan vazifalar, texnikumining kelajak taraqqiyoti masalalari muhokama qilindi. TDSHU professor-o‘qituvchilari texnikum talabalariga mahorat darslari xam o‘tib berdilar. Shuningdek, texnikum ARMiga 100 dan ortiq kitoblar taqdim etildi.

A1BC3977-EBC7-4772-8A1D-3BD796F556DD 60CC6FB2-5F13-4278-B22C-58114A821ECD 4699E806-A78A-424A-A6BB-C8EB2B2C6E90 499F60E4-B879-421A-A264-FE02B6F84AFF       48B59F73-9692-4947-90C2-F600A2C5226E