Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Oʻzbekiston-Koreya: oʻzaro hamkorliklarning bugungi kuni va istiqbollari mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya”haqida batafsil

02.04.2021, 12:30 Yangiliklar 2002

2021-yil 28-yanvarda mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev va Koreya respublikasi prezidenti Mun Chje Inlar oʻrtasida videoanjuman shaklidagi uchrashuv o’tkazilgan edi. Ushbu uchrashuvga muvofiq joriy yilning 1-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Oʻzbekiston-Koreya: oʻzaro hamkorliklarning bugungi kuni va istiqbollari mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya” tashkil etildi.

Konferensiyani Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Begimqulov Urozboy Shoimqulovich, Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi muxtor elchisi Kan Je Kvon hamda Kyungdong universiteti Global Kampus prorektori professor Li Yong Suklar  kirish soʻzlari bilan ochib berdilar.
Kirish qismidan soʻng, konferensiya ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan maʼruzalar tinglandi. Rang-barang mavzularda tayyorlangan ushbu maʼruzalarda ikki davlat oʻrtasida turli yoʻnalishlarda yoʻlga qoʻyilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga urgʻu berildi. Xususan, Toshkentdagi Ajou universiteti professori Park Sang Woo tomonidan “Oʻzbekistonda taʼlim sohasida hamkorlikni rivojlantirish reʼjasi” mavzusida tayyorlangan maʼruza konferensiya ishtirokchilari oʻrtasida qiziqarli muhokamalarga sabab boʻldi. Bundan tashqari, Kyungdong universiteti Global Kampus xalqaro taʼlim ishlari boʻyicha prorektori Joʻrayev Sirojiddin, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkentdagi filiali professori Islamov Baxtiyor Anvarovich, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti doktoranti Nikolayeva Kamilla Sergeyevna va boshqa ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan maʼruzalar doirasida Orol dengizi muammosi, Elektron hukumat tizimini shakllantirish, Oʻzbekiston-Janubiy Koreya munosabatlarining istiqbollari uchun akademik hamkorlikning oʻrni masalalari atroflicha tahlil qilindi.

08CD5234-CC39-42D9-89BC-AF5802C5D39D

385FA2B7-BE60-4D38-BD73-25DA22E0242C

AF63E81F-D04F-4BAC-A47C-09FEC636888D

A8B1E7FF-0651-4BA1-805C-FDBD33AD18E4

A78A2B22-AD06-42DA-8F53-16A19AE34250

07458B7F-0334-448F-B57F-BD753F238750

1222C537-6056-4651-980D-BE709ECAEC5C

D2770C1C-05E7-436B-9BB5-3964EB0F4180

1168195B-7078-4FB5-B892-C194CB4E2BB0

941DBD9A-53DA-4308-B396-57F0AE477BB3

EC99FE56-1153-4A50-B1FA-945AFC4DC9DC

8F8715EC-8CED-4949-BEC2-ACEBE6E230E2