Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 82 39 / +998 95 515 15 05

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Slovakiya Respublikasining milliy stipendiyalar dasturi doirasida yana bir e’lon

06.04.2021, 01:23 E'lonlar 67

Slovakiya Respublikasining milliy stipendiyalar dasturi doirasida 2021-2022-o‘quv yili uchun tanlov e’lon qilingan.

Stipendiyalar tanlovida g‘olib bo‘lgan talabalar, doktorantlar va o‘qituvchilar 2021-2022-o‘quv yilida Slovakiya oliy ta’lim muasasalarida tahsil olish, stajirovka o‘tash, tadqiqot olib borish va dars berish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

O‘qish davomiyligi va talablari quyidagicha:

– bakalavrlar 1-2-semestr davomida stajirovka o‘tashlari mumkin va nomzodlar kamida 3 kursni bitirgan bo‘lishi kerak;

  magistrantlar uchun 1-10 oy davomida stajirovka tashkil etiladi;

  o‘qituvichlar va ilmiy xodimlar uchun 1-10 oy davomida stajirovka tashkil etiladi.

Onlayn xujjat topshirish muddati 2021- yil 30 – aprel 16:00 (CET)

Dasturning talablari va shartlari bilan kuyidagi havola orqali tanishish mumkin:

https://www.stipendia.sk/main/pravila-i-uslovia-programmy/inostrannye-pretendenty 

2021-2022-o‘quv yilning yozgi semestrida stajirovka o‘tash uchun onlayn xujjat topshirish muddati: 2021-yil 31-oktyabr 16:00 (CET)

Stipendiyalar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni

www.stipendia.sk   va  www.scholarships.sk

veb-sahifalari orqali olish mumkin.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: