Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 82 39 / +998 95 515 15 05

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Kelajakni yaratish” mavzusida II-Nobel festivalini e’lon qilamiz

07.04.2021, 15:15 E'lonlar 70

2021 – yil  7-9-aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasining Inklyuziv rivojlanish jamg‘armasi (Inclusive Development Foundation – IDF) Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun “Kelajakni yaratish” mavzusida II-Nobel festivalini (II-Central Asia Nobel Fest) onlayn tarzda o‘tkazishni ma’lum qiladi.

Festivalning asosiy maqsadi taniqli olimlar va Nobel mukofoti sovrindorlari ishtirokida Markaziy Osiyo uchun ilmiy-ma’rifiy munozaralar platformasini rivojlantirishdan iborat bo‘lib, fan, ta’lim, innovasitsiya va texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan 3 ta yo‘nalishlarni qamrab oladi. Bular, Sanoat kelajagi, Iqtisodiyot imkoniyatlari va Ta’lim trendlari.

Festivalda ishtirok etish bepul. Ishtirokchilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: https://nobel-fest.inpolicy.net

TDSHU talabalari, magistrant va doktorantlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilari va rahbar xodimlarining mazkur onlayn festivalda ishtirok etishlari tavsiya etiladi.

 

 

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: