Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan tabiiy fanlar sohasidagi olima ayollar uchun YUNESKO/L’OREAL mukofotining 2022-yil tanlovi o‘tkazilishini e’lon qilamiz

09.04.2021, 18:31 E'lonlar 1873

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:

–  xalqaro ilmiy hamjamiyat e’tirof etilgan bo‘lishi;

–  ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi;

– tabiiy fanlar, matematika va kompyuter texnologiyalari fanlariga tegishli sohalar bo‘yicha ilmiy faoliyat yuritishi.

Tanlovda qatnashish uchun to‘ldirilgan hujjatlar quyidagilardan iborat:

–  nomzodning batafsil tarjimai holi;

–  nomzodning mazkur mukofotga loyiqligini asoslovchi tavsiyanoma (tavsiya qiluvchi ilmiy muassasa yoki tashkilot tomonidan beriladi);

–  nomzodning ilmiy nashr va patentlarining to‘liq ro‘yxati;

–  nomzodning eng muhim o‘nta ilmiy nashlarining ro‘yxati (muhimlik tartibi bo‘yicha), dolzarbligini asoslovchi qisqa tezislar bilan birgalikda;

–  nomzodning eng muhim o‘nta ilmiy nashrlarining nusxalari;

–  xorijiy ilmiy muassasa yoki olimlar tomonidan tavsiyanomalar (3-5 ta);

Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan nomzod hujjatlari maxsus platforma (www.forwomeninscience.com) orqali joriy yilning 31-may kuniga qadar onlayn shaklda taqdim etiladi.

Murojaat uchun telefon: (71)205-50-06 YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi.

Batafsil ma’lumot quyida ilova qilindi. 👇🏻
2022_L_Or_al_UNESCO_For_Women_in_Science_International_Awards_Rules

 

Xalqaro hamkorlik bo‘limi