Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

JICA-Chair loyihasi TDSHU da yolga qo’yilmoqda

21.04.2021, 17:38 E'lonlar 1867

2021-yil 28-apreldan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “JICA-Chair” loyihasi doirasida JICAning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, doktor Miyazaki Suguru talabalar va mutaxassislar uchun “Osiyo va Afrika mamlakatlari iqtisodiy o’sish modellari” mavzusida turkum ma’ruzalar o’qiydi. 

Dr. Miyazaki Suguru – Tokio universiteti bitiruvchisi. U 2011-yilda Kioto universitetida iqtisod fanlari doktori unvoniga sazovor bo’ldi. Shuningdek, u xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarida katta ish tajribasiga hamda Kioto va Osaka universitetlarida tashrif buyurgan professor sifatida 10 yildan ortiq pedagogik tajribaga ega.