Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy

25.04.2021, 12:56 Yangiliklar 1928

“Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy” yo‘nalishi doirasida 24 aprel kuni Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani I.Bultakov, dekan muovini Gʻ.Arifjonov va Tarjima nazariyasi va xalqaro jurnalistika kafedrasi dosenti X.Hamidov Toshkent viloyati, Chinoz tumani Eski Toshkent hududidagi 5 ta MFY aholisi bilan davra suhbati tashkil etishdi.

Tadbirda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi.  Yakunida mahalla kutubxonasi uchun universitet ustozlari tomonidan yozilgan adabiyotlar Ahil va Navro‘z MFY raislariga sovg‘a qilindi.

Shuningdek, tashrif davomida Tursunoy Oxunova muzeyiga kirib faxriy mehmonlar daftariga ham dastxat qoldirildi. Shu bilan birga Navro‘z MFY yangi binosini ochilish marosimida ham ishtirok etishdi.

277F9921-42FF-4435-9D0F-8F5393DF764C

581134C0-6912-4D65-A33F-738F765A58E1

B59AF691-1862-489E-9181-7AC7AD22F5BC

 A7967A20-C75B-43AC-AF74-4C6396F95C84