Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU talabasi Yaponiya Markaziy Osiyo do’stlik assotsatsiyasi grant dasturini qoʻlga kiritdi

28.04.2021, 00:45 Yangiliklar 1749

Iqtidorli va yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlgan talabalarni qoʻllab-quvvatlash quvvatlashga yoʻnaltirilgan JACAFA( Yaponiya Markaziy Osiyo do’stlik assotsatsiyasi)  tomonidan bir necha yillardan buyon ijtimoiy fanlar, kompyuter muhandisligi va IT muhandisligi sohalarida taʼlim olayotgan  talabalarga grantlar taqdim etib kelmoqda. Ushbu grant dasturi mablagʻlarini  oʻqishning oxirgi ikki yilini ta’minlashdagi moddiy harajatlarga sarflanishi koʻzda tutilgan. Koʻplab ushbu grant dasturini yutgan talabalar safida bizning universitetimiz talabasining ham borligi quvonarli holat. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreyashunoslik fakulteti  Koreys filologiyasi 2-bosqich talabasi Doʻstmurodova Sabinani Yaponiya Markaziy Osiyo do’stlik assotsatsiyasi grant dasturini qoʻlga kiritganligi bilan muborakbod etamiz. Talabamizga kelgusi ishlarida ham  omad va zafarlar tilaymiz.