Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Ulug‘larni e’zozlash va o‘tganlarni xotirlash bayrami”haqida TDSHUning volontyor o’qituvchisi Simo Abbosiy fikrlari

09.05.2021, 12:25 Yangiliklar 1556

Men Erondan O‘zbekistonga safarim chog‘ida madaniyatlarimiz o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni uchratdim. Ba’zilari bizning madaniy qarashlarimizga o‘xshab ketsa, boshqalari mutlaqo farq qiladi. Ayniqsa, nishonlanadigan bayramlar va ba’zi taomillar O‘zbekistonda inson qadri naqadar qadrlanishiga urg‘u berayotgandek, go‘yo. Shunday bayramlardan biri – “Xotira va qadrlash kuni” ekan.

Ayni damda talabalarga tahsil beradigan oliygohim – Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bu bayram o‘zgacha kayfiyatda nishonlanmoqda. Sharqshunoslik sohasiga o‘z umrini bag‘ishlagan – S.Gʻaniyeva, Q.Mahmudov, A.Rustamov, Gʻ.Abdurahmonov kabi allomalar yodi uchun yirik ilmiy vebinarlar tashkil etildi, ularning ilmiy meroslari yuzasidan iliq fikrlar aytildi. Yetuk mutaxassislar yetishib chiqishi uchun fidoyilik bilan mehnat qilgan, ayni vaqtda keksalik gashtini surayotgan yoshi ulug‘ olimlar uylariga safar uyushtirilib, karantin qoidalariga amal qilgan holda ularning holidan xabar olinmoqda.

Bu fikrlar Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti volontyor o‘qituvchisi, Simo Abbosiyning “Ulug‘larni e’zozlash va o‘tganlarni xotirlash bayrami” maqolasidan olingan✅

https://uza.uz/uz/posts/uluglarni-ezozlash-va-otganlarni-xotirlash-abayrami_265518