Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Universitet rektori G.Rixsiyeva boshchiligidagi mas’ullar Mirobod tumanida joylashgan Mingo‘rik, Yuksalish, Afrosiyob, Bayot, Tolariq, Lolazor, A.Avloniy MFY raislari va tuman hokimi o‘rinbosari F.Madaminova bilan uchrashuv tashkil etdilar.

16.05.2021, 09:27 Yangiliklar 578

📢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi  PF-6208-sonli Farmoniga ko‘ra har bir davlat OTMga mahallalar biriktirish topshirig‘i berilgan.   Shunga ko‘ra Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Mirobod va Yashnabod tumanlaridan 9 ta MFY biriktirildi. 

Shu munosabat bilan universitet rektori G.Rixsiyeva boshchiligidagi  mas’ullar Mirobod tumanida joylashgan Mingo‘rik,  Yuksalish, Afrosiyob, Bayot, Tolariq, Lolazor, A.Avloniy MFY raislari va tuman hokimi o‘rinbosari F.Madaminova bilan uchrashuv tashkil etdilar. Uchrashuvda  TDSHUning MFY  bilan o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshiradigan ishlari kelishib olindi. Bunga ko‘ra mahalla yoshlari uchun bepul koreys, yapon, xitoy, arab, turk, ingliz tillarini o‘qitish va tadbirkorlik asoslari  kurslari, badiiy- havaskorlik hamda sport to‘garaklariga jalb etish ishlari  rejalashtirib olindi.

FA3F3DBE-C827-4DBF-A649-CA6C264118CD 252AA2F2-343E-43A0-8E15-33CA0F093A64 D01CBA0B-B365-4040-A5C8-61CB91F1B49F 052C3BD9-0780-43C2-8D72-DD5AE62CF998

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: