Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Italiyaning Tusha universiteti 2021-2022- o‘quv yili uchun 40ta xorijiy talabaga magistratura yo‘nalishiga stipendiya ajratdi

20.05.2021, 20:17 E'lonlar, Grantlar 2600

Italiyaning Tusha universiteti 2021-2022 -o‘quv yili uchun 40ta xorijiy talabaga magistratura yo‘nalishiga stipendiya ajratgan. Ushbu magistratura mutaxassisliklari quyidagilardan iborat:

  LM-76 Circular economy;

  LM-90 Security and Human rights.

Magistrlik dasturlari ro‘yxati va to‘liq ma’lumot bilan  quyidagi veb-sahifa orqali tanishish mumkin: http://unitusorienta.unitus.it/en/homepage/ 

Tusha universiteti stipendiyalari 1 yilga 4860 Yevro miqdorida ajratilib, universitetda o‘qish to‘lovi (1000 Yevrogacha), talabalar turar joyida yashash xarajatlari (agar mavjud bo‘lmasa xususiy yashash joylariga joylashtirish xarajatlari), talabalar oshxonasida yoki Viterboning yordamchi restoranlarida bir martalik ovqatlanish xarajatlari, viza olish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari stipendiyaga xalqaro aviachipta va boshqa rasmiy jarayonlar uchun xarajatlar (maksimum 500 Yevrogacha) kiradi. 

Stipendiyalar bilan bog‘liq batafsil ma’lumot bilan quyidagi veb-sahifa  orqali tanishish mumkin:

http://www.unitus.it/it/unitus/international2/articolo/get-to-know-unitus 

Onlayn ariza topshirishning yakuniy muddati: 2021- yil 31- may.